06 iyu 11:56
Yangiliklar
Makgregor - Xollouey jangini sug'urtalaydigan sportchi aytildi
Raqamlangan UFC 329 turnirining asosiy jangida irlandiyalik yakkakurash afsonasi amerikalik Maks Xolloueyga qarshi oktagonga chiqadi. Bu ikki raqib 2013 yilda ham oktagonda o'zaro to'qnash kelgan va o'shanda Konor ochkolar hisobi bo'yicha g'alaba qozongan edi.
Bo'lajak jangni sug'urtalaydigan jangchi aytildi. Braziliyalik 30 yoshli Maurisio Ruffi zaxira jangchisi bo'lish maqsadida Qo'shma SHtatlarga uchib ketdi. Ruf Maks Xollouey va Konor Makgregor o'rtasidagi jangni sug'urtalaydi.
Ruffi o'zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida hozirda vazni 84 kilogramm ekanligini malum qildi. Maurisio MMAdagi faoliyati davomida 14 ta jangda g'alaba qozonib, 2 bor mag'lubiyatga uchragan. 14 iyun kuni Oq uyda u Maykl CHandlerni birinchi raunddayoq nokautga uchratgan edi.

Fikrlar