22 jan 09:46
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregor yangilangan UFC reytingida ko'tarildi + FOTO
Yakshanba tongida o'tkazilgan UFC turnirlaridan so'ng yangilangan reyting elon qilindi.
Ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Konor Makgregor reytingdagi avvalgi o'rniga nisbatan bir pog'onaga ko'tarilib oldi. Irlandiyalik sportchi yakshanba tongida amerikalik Donald "Kovboy" Serroneni jangning 40-soniyasidayoq nokaut qilishga muvaffaq bo'lgan edi. U engil vazn toifasida Jastin Getjini ortda qoldirdi.
Makgregor vazn toifasidan qatiy nazar (p4p) dunyoning eng kuchli UFC jangchilari reytingida 11-pog'onaga ko'tarildi. Konor qirg'izistonlik jahon chempioni Valentina SHevchenkodan o'tib ketdi. Reytingning 10-pog'onasidan esa Toni Fergyuson joy olgan. Toni 18 aprel kuni engil vaznda UFC chempioni Xabib Nurmagomedovga qarshi oktagonga chiqadi.
Havola :
Fikrlar