14 may 08:29
Yangiliklar
Boks/MMA

MakGregordan ayblov olib tashlandi
UFCning sobiq chempioni Konor MakGregor muxlisidan telefonni tortib olgani uchun jazodan qutilib qoldi.
U 11 mart kuni Mayamida o'zi bilan suratga tushmoqchi bo'lgan muxlis Axmed Abdirazzoqdan telefonni olib qo'yib, buzib tashlagandi. SHundan so'ng u 12 500 AQSH dollari to'lab, garov puli evaziga ozod etilgandi.
Abdirazzoq arizasini qaytib olgan. Malum bo'lishicha, u sportchi bilan kelishib olgan.
"Jabrlanuvchi AQSHga qaytib, ishda qatnashishni istamadi", - dedi prokuror.
Havola :
Manba : MMAFighting
Fikrlar