14 mar 09:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Makgregorning qarindoshi koronavirusdan vafot etdi
Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregorning xolasi koronavirus tufayli vafot etdi.
Bu haqida sportchining o'zi malum qildi.
«Bu surat bir necha kun ilgari olingan. Men intervyuga tayyorlanayotgan vaqtimda menga qo'ng'iroq qilib xolam vafot etganlarini malum qilishdi. O'sha vaqtda hayot men uchun to'xtab qolgandek tuyildi. Bu virus odamlarning baxtidan ayirmoqda. Nimalar bo'layotganini tushuna olmayapman»,-deb yozib qoldirgan Konor o'zining “Instagram” sahifasida.
Eslatib o'tamiz, hozirga kelib butun dunyoda bu kasallikdan 4,5 mingdan ortiq inson vafot etdi.
Havola :
Manba : sports.ru
Fikrlar