27 okt 16:24
Yangiliklar
Maks Xollouey chempiondan qabul qilib olgan mag'lubiyatiga izoh berdi
Amerikalik aralash yakkakurash ustasi kecha Abu-Dabida o'tgan UFC 308 turnirining markaziy jangida yarimengil vazn chempioni Iliya Topuriyaga texnik nokaut evaziga mag'lub bo'lgan edi. Bu uning faoliyatidagi ilk nokautga ham aylandi.
"O'zimni juda yaxshi his qilyapman. O'ylashimcha, ritmga tushib oldim. Faqat meni hakamlarning qarori biroz xayron qoldirdi. Ikkita raunddan kamida bittasida g'alaba qozongandim. Endi rejalarim qanday bo'ladi? Hozir jamoam bilan xordiq chiqarib, keyin kelajak rejalarini muhokama qilib olamiz. Bu borada shoshilmayman. Menga yarimengil vazndan ko'ra engil vazn toifasi qiziqroq ko'rinyapti. Engil vaznda katta nomlar ko'proq. Yigitlar, meni hali oktagonda yana ko'rasizlar. Bu janoza emas – bunga vada beraman", - dedi Maks.
Fikrlar