23 iyu 14:27
Yangiliklar
Boks/MMA

Maksim Dadashevning vafotiga bir yil bo'ldi
Rossiyalik bokschi Maksim Dadashevning vafot etganiga ham bir yil to'ldi.
Dadashev o'tgan yilning 23 iyul kuni jangdan olgan jiddiy jarohati tufayli 28 yoshida vafot etgandi. O'shanda Maks yarim o'rta vazn toifasida IBF kamariga davogarlik jangida Subriel Matiasga qarshi jang olib borgandi.
Eslatib o'tamiz, Subriel Matias va Maksim Dadashev jangi 19 iyul kuni bo'lgandi. Bahsning 11 raundida Subriel raqibini texnik nokaut evaziga mag'lub etgandi. Jang yakunlanishi bilan rossiyalik bokschini tezlik bilan shifoxonaga olib ketilgan.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar