So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

26 fev 16:07
Yangiliklar

Bolalar sporti

“Maktablar ligasi” musobaqalari oldidan kengaytirilgan yig'ilish o'tkazildi

Teglar :  Maktablar ligasi
Bugun Mirobod tumanidagi 110-sonli umumtalim maktabida joriy yilning 1 martidan start oladigan “Maktablar ligasi” sport musobaqalari oldidan kengaytirilgan yig'ilishi o'tkazildi.

Ushbu yig'ilishda Toshkent shahridagi jami 284 ta umumtalim maktablarining katta jismoniy tarbiya o'qituvchilari, bolalar-o'smirlar sport maktablari va murabbiylari ishtirok etishdi.

Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Xalq talimi bosh boshqarmasi tomonidan o'tkazilayotgan mazkur liga musobaqalarining tartib qoidalari bilan tanishtirildi.
Unga ko'ra, musobaqalar 4 ta bosqichda o'tkazilishi belgilandi. Yani, 1-bosqich maktab bosqichi - 1-17 mart kunlari sinflararo,  
2-bosqich sektor bosqichi - 1 aprel – 25 may kunlari sektordagi maktablararo, 3-bosqich tuman bosqichi - 5 iyun – 31 avgust kunlari  tumandagi sekterlararo, 4-bosqich shahar bosqichi - 5 sentyabr – 29 sentyabr kunlari shahar bosqichidir.

SHahar bosqichiga, tumanlarda 1- va 2- o'rinlarni egallagan jamoalar yo'llanma olishadi.

Musobaqa bosqichlari aylanma tizimida o'tkaziladi.

SHuningdek, mazkur musobaqada aynan shu sport turlari bilan muntazam ravishda shug'ullanib kelayotgan yoshlar ishtiroki taqiqlanadi.
Eslatib o'tamiz, ushbu musobaqalarga jami 30 672 o'quvchi-yoshlar (shundan 15336 nafari qizlar)jalb qilinadi.

SHu bilan birga, musobaqa bosh hakamlari bilan ham tanishtirildi.

Basketbol –  SHukurov Ibrohim  Rixsibaevich. Olmazor tumani 2-BO'SM direktori.  

Voleybol – Qurbonov Mehri Azizbaevna. Mirobod tumani 2-BO'SM direktori.

Gandbol – Turkmenov Muxammadjon Davronovich. Yakkasaroy tumani 2-BO'SM direktori.

SHuningdek, har bir tumanga musobaqalarning quyi bosqichlarini yuqori saviyada o'tkazish, hakamlar bilan taminlash bo'yicha bolalar-o'smirlar sport maktablari direktorlaridan iborat ishchi guruhlari masul etib tayinlandi.

Musobaqalarning tantanali ochilish marosimi 2018 yil 1 mart kuni soat 15:00 da Mirobod tumanidagi sport o'yinlariga ixtisoslashgan bolalar-o'smirlar sport maktabida bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

   
26 fev 19:08:47
Nurmuhammad Abdullaev
админлар узбек тигерснинг эртанги жанги хакиди езмисиларми вазн улчаш маросими хам тугагандир ертага соат нечида булади кайси каналдан беради езмисиларми биз ошданмиз боксчиларни жанги биз учун хам кизик лекин малумотлар жуда хам кам жангдан олдинги афишалар жуда хам пасив еки кубани хайбати босяптими? езилар кенгрок
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing