27 iyu 13:27
Yangiliklar
Boks/MMA
Maldonado jamoasi Emelyanenkoga revansh jangi taklif qildi
Aralash qoidalar bo'yicha braziliyalik mashhur sportchi Fabio Maldonadoning menejeri Stefano Sartori rossiyalik Fedor Emelyanenkoga revansh jangi taklif qildi.
“Fabio o'ta og'ir jang o'tkazdi. U endi ikki hafta mobaynida xordiq chiqaradi. Keyin esa mashg'ulotlarni boshlaymiz. Biz revansh jangiga tayyormiz. Agar Emelyanenko ham bunga qarshi bo'lmasa, revansh jangi yuzasidan kelishib olishimiz oson kechadi”, - dedi Sartori.
O'z o'rnida Emelyanenkoning jamoasi ham revansh jangiga qarshi emasligini bildirgan. Yaqin kunlarda bu borada yangilik bo'lib qolishi kutilyapti.
Havola :
Fikrlar