22 iyu 10:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Maldonadoning Emelyanenkoga qarshi jang yuzasidan shikoyati ko'rib chiqiladi
Aralash qoidalar bo'yicha braziliyalik mashhur sportchi Fabio Maldonadoning rossiyalik Fedor Emelyanenko bilan o'tkazgan jangi yuzasidan bergan shikoyati ko'rib chiqiladi.
Bu ikki sportchi o'rtasidagi jang yakunida hakamlar turlicha baho berishgan va buning natijasida Emelyanenko g'alaba qozongan edi. Qoidaga muvofiq shikoyat qiladigan tomon jang yakunlanganidan so'ng 40 daqiqa ichida o'z arizasini topshirishi shart.
Garchi, Maldonadoning jamoasi bu borada kechikkan bo'lsada, xalqaro tashkilot unga shubha va gumonlarni qoldirmaslik maqsadida ana shu imkoniyatni taqdim etishga qaror qildi.
Havola :
Manba : allboxing.ru
Fikrlar