23 iyu 20:05
Yangiliklar
Boks/MMA

Malinyaji faoliyatini mag'lubiyat bilan yakunladi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni, hozirda qo'lqopsiz janglarda ishtirok etayotgan Pol Malinyaji faoliyatini yakunlaginini malum qildi.
"Hozir 38 yoshdaman, bu sport uchun tavsiya etiladigan yosh emas. Faoliyatimni qayta tiklab xato qildim. Bunday qilmasligim kerak edi. Lobovni qiyinchiliksiz mag'lub etaman deb o'ylagandim. Ammo, amalda bunday bo'lmadi. Endi boshqa jang o'tkazmaslikka qaror qildim", - dedi Malinyaji.
Malumot uchun, Pol Malinyaji boks bo'yicha birinchi o'rta vazn toifasi (2007-2008) hamda yarim o'rta vazn toifasida (2012-2013) jahon chempionlik kamarlari sohibi bo'lgan.
Havola :
Fikrlar