12 jan 11:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Malinyaji Makgregorning chaqiruviga munosabat bildirdi
Boks bo'yicha sobiq jahon chempioni Pol Malinyaji ikki vaznda sobiq UFC chempioni Konor Makgregor bilan jang o'tkazish yuzasidan muzokara olib borayotgani hakida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.
"Bu yolg'on malumot. Konordan boshqa xech kim bunday asosga ega bo'lmagan xabarni tarqatmaydi. U ommaning etiborini tortish uchun ham shunday uydurmalarni o'ylab topadi.
Sizlarni ishontirib aytamanki, Konor bilan jang bo'lmaydi. CHunki, u mendan qo'rqadi. Ringga chiqishga yuragi dov bermaydi", - deya Malinyajining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda MMA News.
Malumot uchun, Pol Konorning Floyd Meyvezerga qarshi jangga tayyorgarlik ko'rish jarayonida sparring raqib bo'lgan va surat bilan bog'liq yuzaga kelgan tushunmovchiliklardan so'ng shov-shuvli tarzda hamkorlikni bekor qilgan.
Havola :
Manba : MMA News
Fikrlar