So’nggi yangiliklar

17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0 11:42Дакар-2026: бугун енгил атлетика ва велоспорт баҳслари якунланади, боксчилар чорак финалда рингга чиқади 0 11:40Касильяс ўйин амалиёти етишмаслиги сабаб ўғилларини "Реал" академиясидан олиб кетди 0 11:09Магомед Анкалаев кейинги жангини оғир вазнда ўтказмоқчи 0

29 mar 13:19
Yangiliklar

Boshqalar, Bolalar sporti

Mamlakatimizda "O'zbekiston talabalar sporti Associaciyasi” tashkil qilinadi

Teglar :  Talabalar sporti
Ertaga, 30 mart kuni Milliy olimpiya qo'mitasi anjumanlar zalida yangi tashkil etilayotgan Associaciyaning saylov konferenciyasi o'tkaziladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-5368-sonli farmoni, 2017 yil 9 martdagi “O'zbekiston sportchilarini 2020 yilda Tokio shahri (Yaponiya)da bo'lib o'tadigan XXXII yozgi Olimpiya va XVI Paralimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish to'g'risida” PQ-2821-sonli va 2017 yil 3 iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-3031-sonli qarori ijrosini taminlash maqsadida, Respublika “Talaba” sport federaciyasi hamda Respublika “Barkamol avlod” jamiyati birlashtirilib, uning negizida “O'zbekiston talabalar sporti Associaciyasi” tashkil etilmoqda. SHu munosabat bilan ertaga, 30 mart kuni Milliy olimpiya qo'mitasi anjumanlar zalida yangi tashkil etilayotgan Associaciyaning saylov konferenciyasi o'tkaziladi.

Bugungi kunda Respublika bo'yicha oliy talim muassasalari soni jami 82 tani tashkil etadi. Ulardan 21 tasi universitet, 35 tasi institut, 2 tasi akademiya, 15 tasi filial maqomiga ega. SHuningdek, konservatoriya, oliy maktab va 7 ta chet el Oliy talim muassasalari faoliyat yuritmoqda.

Mazkur konferenciyada respublikadagi barcha oliy talim muassasalari rektorlari, prorektorlari hamda jismoniy tarbiya va sport yo'nalishi bo'yicha masul xodimlari ishtirok etadi.

Konferenciya davomida oliy talim muassasalarining sport sohasidagi faoliyati hamda voleybol, gandbol, basketbol va stol tennisi sport turlari bo'yicha terma jamoalarini shakllantirish, kelgusida ananaviy sport musobaqalarini tashkil etish masalalari kelishib olinadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing