11 iyu 14:33
Yangiliklar
Mana buni omad desa bo'ladi! Saralashda yutqazgan Rahimova "laki luzer" sifatida to'g'ridan-to'g'ri Londondagi WTA turnirining 1/8 finaliga yo'l oldi
Ushbu uchrashuv bugun bizning vaqt bilan soat 15:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Rahimova musobaqaning saralash bosqichi hal qiluvchi finad bahsida qatnashib, dunyoning 54-raketkasi, saralash turnirida birinchi raqam ostida tasniflangan germaniyalik Tatyana Mariyaga mag'lub bo'lgandi. U keyinchalik "laki luzer" (omadli mag'lub) sifatida asosiy to'rdan joy oldi va to'g'ridan-to'g'ri nimchorak final bosqichiga yo'l oldi.
Endi Kamilla turnirning 1/8 finalida mahalliy tennischi, dunyo reytingida160-o'rinni band etib turgan Xerriet Dartga qarshi kortga chiqadi.
Malumot uchun, tennischilar o'zaro bir marta to'qnash kelishgan. 2024 yili Cincinnati turnir saralashida kechgan uchrashuvda Dart uch setlik bahsda g'alaba qozongan edi.
Fikrlar