05 okt 10:41
Yangiliklar

Manba: Tayson Fyuri COVID-19 bilan kasallanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmadi
Fyuri koronavirus bilan kasallanganligini Deontey Uaylder bilan uchinchi jangidan oldin aytib, jangni keyinroq muddatga qoldirishni talab qilgan edi.
«Bizning hech bir shifokorimiz Fyuri, Uaylder yoki o'sha kuni jang o'tkazishni rejalashtirgan boshqa bokschiga PCR laboratoriya tekshiruvini o'tkazmagan. Biz hech bir sportchidan COVID-19 borligi to'g'risida hujjat olmaganmiz», - dedi Nevada shtati engil atletika komissiyasi vakili.
Dastlab Fyuri va Uaylder o'rtasidagi jang 24 iyulga belgilangan edi, ammo Tayson koronavirus bilan kasallangani tufayli jang 9 oktyabrga qoldirildi. Tayson Fyuri va Deontey Uaylder o'rtasida 2018 yil dekabr oyida o'tkazilgan birinchi jangda hakamlar durang natija qayd etishgan edi. 2020 yil fevral oyida bo'lib o'tgan ikkinchi jangda britaniyalik bokschi amerikalikni nokautga uchratib, WBC chempionlik kamarini raqibidan tortib oldi.
Fikrlar