16 apr 12:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Manba - WBC Gran-prisi g'oliblari Riyadh Season oqshomlarida jang qilish imkoniyatiga ega chiqadi
Top Boxing Generation bosh direktori Vladislav Eliseevning aytishicha, WBC Gran-prisi g'oliblari Royadh Season shoularining anderkardida jang qiladi.
"Menimcha, ushbu Gran-pri g'olibi final jangida g'alaba qozonsa, mazkur vazn toifasida yangi yulduzga aylanadi. WBC g'olibni reytingda albatta kuchli 10 talikka kiritishi kerak. O'ylashimcha, ular WBC Silver uchun jang o'tkazishga ruxsat berishadi, biroq aytishim mumkinki, har bir vazn toifasidagi Gran-pri g'olibi Ar-Riyoddagi Riyadh Season shousining anderkardida jang qilishi allaqachon kelishib olingan. Kim g'alaba qozonsa, boksning oltin yo'llanmasiga ega chiqadi, deb bemalol ayta olaman", - dedi Eliseev.
Malumot uchun, 17 aprel kuni start oladigan musobaqada besh nafar o'zbekistonlik bokschi ishtirok etadi.
Havola :
Manba : Top Boxing Generation
Fikrlar