20 may 15:05
Yangiliklar
"Manchester Siti" etakchisi Gvaridola ketishi sabab jamoani tark etmoqchi
Marca xabar berishicha, bosh murabbiy Pep Gvardiola 10 yillik ishdan keyin "Siti"ni tark etishi malum bo'lgandan so'ng 29 yoshli yarim himoyachi Ispaniyaga qaytish g'oyasini yoqtirib qolgan. Bu g'oya uning xayolida doim bo'lgan.
"Real" qulay sharoitlarda transfer amalga oshishi mumkin deb hisoblashmoqda. Klub Rodrining etakchilik sifatlari, taktik sezgiri, o'yinning balansi va nazorat qobiliyatidan uzoq vaqtdan beri hayratda. O'yinchining o'zi ham Madrid safida o'ynashni juda xohlaydi.
Biroq Ispaniya terma jamoasi o'yinchisining shartnomasi yana bir yilgacha davom etayotgani uchun uni sotib olish oson bo'lmaydi. Rodrining o'zining xohishi transferga yordam berishi mumkin.
Ispaniyalik bu mavsum APLda 21 o'yinda 1 ta gol urdi va 3 ta sariq kartochka oldi.

Fikrlar