17 may 14:06
Yangiliklar
Futbol
"Manchester Yunayted" sobiq akademiya murabbiyi bilan muzokaralarni boshladi
Angliyaning "Manchester Yunayted" klubini boshqarish uchun yana bir davogar paydo bo'ldi.
Klub rahbariyati "Ispich Taun" jamoasi bosh murabbiyi Kiran Makkenna bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Hozircha muzokaralarning boshlang'ich bosqichi davom etmoqda. Yaqin kunlar ichida kelishuv haqida aniq malumotlar paydo bo'ladi.
Malumot uchun, Kiran 2016-2021 yillar oralig'ida MYU akademiyasida faoliyat olib borgan. 2021 yilning malum qismida esa katta jamoada yordamchi murabbiy sifatida ishlagan.
38 yoshli murabbiy 2021 yilning dekabr oyida "Ispich Taun"ga bosh murabbiy etib tayinlandi. U joriy mavsum jamoani 22 yillik tanaffusdan so'ng yana APLga qaytardi.
Havola :
Fikrlar