03 iyu 14:35
Yangiliklar
Boks/MMA

Mandalay Bay “bron” qilindi, Menni Pakyao qaytmoqda
Professional boksning sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao (58(38)-6(3)-2) oktyabr oyida o'zining navbatdagi jangini o'tkazishi mumkin.
Har ehtimolga qarshi Las-Vegas shahridagi dunyoga mashhur Mandalay Bay arenasi 15 oktyabr kuniga “bron” qilib qo'yildi. Aynan mazkur arenada shu yilning aprelida Pakyao amerikalik Timoti Bredlini mag'lub etgandi.
Hozircha Mennining aynan 15 oktyabr kuni ringga chiqishi rasmiy tasdig'ini topganicha yo'q. Lekin Pakyaoga yaqin insonlar shu sanada jang o'tkazish uchun filippinlik bokschiga raqib izlanayotganini aytishgan.
Havola :
Fikrlar