03 apr 16:49
Yangiliklar
Boks/MMA
Mangu 2: Raqibsiz qolgan Akbarjon Islomboev braziliyalik jangchi bilan to'qnash keladi (POSTER)
Poytaxtimiz 25 aprel kuni MMA bo'yicha Mangu 2 turnirini qabul qiladi.
"Humo arena" inshootida o'tkaziladigan turnir uchun navbatdagi jang elon qilindi.
Unga ko'ra, o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Akbarjon Islomboev Mangu 2 musobaqasida Braziliya vakili Irmeson Oliveyra bilan bahs olib boradi.
Jang engil vazn toifasida tashkil etiladi.
Malumot uchun, Islomboev faoliyati davomida 12 ta jang o'tkazib, 10 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. Oliveyra hisobida esa 16 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyat bor.
Aslida Akbarjon Islomboevga Mangu 2 turnirida Gruziya vakili Turpal Gediev raqiblik qilishi kerak edi. Biroq Gediev jarohat sababli musobaqada ishtirok eta olmasligi malum bo'ldi.

Havola :
Manba : Mangu MMA
Fikrlar