23 avg 00:23
Yangiliklar
Boks/MMA
Mangu 4: Nodirbek Axatjonov turnirning ikkinchi asosiy jangida oktagonga chiqdi
Andijonda o'tkazilayotgan MMA bo'yicha Mangu 4 musobaqasining ikkinchi asosiy bellashuvi nihoyasiga etdi.
Unda o'zbekistonlik taniqli aralash yakka kurash ustasi Nodirbek Ahatjonov oktagonga chiqdi.
Braziliya vakili Duglas Ribeyroga qarshi bahsda vakilimiz birinchi raunddayoq texnik nokaut orqali zafar quchdi.
Bu Ahatjonovning faoliyatidagi o'ninchi jangida qo'lga kiritgan sakkizinchi g'alabasiga aylandi. Ribeyroning rekordi esa endi 16 ta g'alaba va 16 ta mag'lubiyatdan iborat.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar