08 mar 14:36
Yangiliklar
Boks/MMA
Mangu MMA xorijda faoliyat olib borayotgan yana bir o'zbekistonlik jangchi bilan kelishuvga erishdi (VIDEO)
O'zbekistonlik aralash yakka kurash ustasi Akbar Islomboev endilikda Mangu MMA Ligasida jang qiladi.
Bu haqda sportchining Instagram sahifasida xabar berildi.
Islomboev 25 aprel kuni Toshkent shahridagi "Humo Arena" majmuasida o'tkaziladigan Mangu MMA 2 turnirida oktagonga ko'tariladi. Hozircha unga kim raqiblik qilishi aytilmagan.
26 yoshli Akbar Islomboev hozirgacha Rossiya, BAA va AQSHdagi turli Ligalarda jami 12 ta jang o'tkazib, 10 ta g'alaba va 2 ta mag'lubiyat qayd etgan. U so'nggi jangini 2025 yil oktyabr oyida AQSHning Tennessi shtatida, LFA 219 turniri doirasida Isak Tompsonga qarshi o'tkazib, ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub bo'lgandi.
Havola :
Manba : instagram.com/akbar_islomboev
Fikrlar