05 iyu 11:56
Yangiliklar
Boks/MMA

"Maqsadim revansh olish" - Konkabaev Tokio Olimpiadasida O'zbekiston bilan raqobat haqida gapirdi
To'rt yillikning eng nufuzli musobaqasi - Tokio-2020 Olimpiadasi startiga 18 kun vaqt qoldi.
Boks bo'yicha Qozog'iston terma jamoasi etakchilaridan biri Kamshibek Konkabaev yaqinda Tokioda bo'lib o'tadigan Olimpiya o'yinlarida boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi vakili Bahodir Jalolov bilan ehtimoliy uchrashuv haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi, deb xabar beradi Sports.kz.
"Hamma o'zbek boksi haqida gapirmoqda, ammo ulardan tashqari yana 15 raqib bor. Ularning har biri xavfli bo'lishi mumkin. Agar Olimpiadada o'zbek bokschisi bilan uchrashsam, bu safar g'alaba qozonishimga umid qilaman. Murabbiylar shtabi bilan to'g'ri taktikani tanlaymiz. Revansh olish maqsadim bor", - dedi Konkabaev.
Havola :
Fikrlar