So’nggi yangiliklar

11:02Белал Муҳаммад Прохазка - Улберг жанги ғолибни айтди 0 10:41"Вест Хэм" ғалабага эришиб, "Тоттенхэм"ни 18-ўринга "кузатиб" қўйди + ВИДЕО 0 10:20Бугун 5 нафар эркин курашчимиз Осиё чемпионатидаги иштирокини бошлайди 0 09:59"Мен 100% қафасдаги жанг тарафдориман". Жо Байденнинг ўғли Трампнинг ўғилларига "вызов" ташлади 0 09:38Таэквондо WT бўйича ёшлар ўртасидаги жаҳон чемпионатига бағишланган флешмоб ўтказилди ФОТОРЕПОРТАЖ 0 09:17"Рома" ўз уйида аутсайдерни қийинчиликсиз мағлуб этди + ВИДЕО 0 08:56Майк Тайсон Фьюрига мурожаат қилди ва жавобини ҳам олди 0 08:35Илия Топурия: "Махачев бировнинг пулини санамаслиги керак" 0 08:14Бадиий гимнастика бўйича Жаҳон кубогининг очилиш маросими бўлиб ўтди 0 07:53Арбелоа "Реал"нинг "Жирона" билан ўйинда очко йўқотиш сабабини айтди 0 07:32Кардида чемпионлик жанги бўлган UFC 327 турнири иштирокчилари тарозига чиқишди 0 07:11Фьюри Маҳмудовдан оғирроқ тош босди (барча тарози натижалари) 0 18:51Левон Аронян: “Жавоҳир Синдаровга хоҳлаганини қилишига йўл қўйиб беришяпти” 0 18:30Осиё мамлакати ҳукуматнинг аралашуви туфайли ФИФАдан четлатилиши мумкин 0 18:09Нурмагомедов Царукянга: "Биз бу ерда узоқ қоламиз" 0

11 noy 14:20
Yangiliklar

Bolalar sporti

Maqsadlari mushtarak maskan

O'g'il-qizlarning sportga oshno bo'lishida, tanlagan sport turlari bilan muntazam mashg'ulotlarda ishtirok etib, katta sport sari odimlashida sport maktablari asosiy tayanch sanaladi.

Qashqadaryo viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Qarshi shahar olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashirilgan maktab-internatida tahsil olayotgan sportchi-o'quvchilarning yagona orzu-istaklari - sportda etakchilar qatoridan joy olish. 

Mazkur maktab-internatida ayni paytda 230 nafar o'g'il bolalar sportning dzyudo, kurash va futbol turlari bo'yicha to'qqiz nafar malakali murabbiylar qo'l ostida mashg'ulotlarga zo'r berishgan. O'quv-mashg'ulotlarda toblanib, istedodlarini shakllantirib borayotgan maktab-internati tarbiyalanuvchilari o'tkazilayotgan viloyat va respublika miqyosidagi bellashuvlarda sovrindorlar qatoridan joy olishga ham muvaffaq bo'lishmoqda.

Misol uchun, joriy yil oktyabr oyida dzyudo bo'yicha Buxoro viloyatida o'tkazilgan 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida 60 kg vazn toifasida Yorqin Suyunov faxrli birinchi o'rin sohibiga aylangan. Mart oyida Farg'ona shahrida dzyudo bo'yicha 2003-2004 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida 73 kg vaznda Asadbek Mamatov ikkinchi o'rinni band etib, kumush medalni qo'lga kiritgan. 

Kurash sport turi bo'yicha mart oyida Andijonda bo'lib o'tgan 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi O'zbekiston chempionatida -66 kg vazn toifasida Murodulla Egamberdiev uchinchi o'rinni band etib, bronza medal egasiga aylangan.

May oyida Farg'onada 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasidagi kurash bo'yicha O'zbekiston chempionatida -60 kg vaznda Yigitali Eshonqulov ham uchinchi o'rinni egallagandi. Murodulla Egamberdiev oktyabr oyida Angren shahrida dzyudo bo'yicha O. Dirkach xotirasi uchun tashkil etilgan ettinchi xalqaro turnirda -73 kg vaznda birinchi o'rinni, okyatbr oyida qo'shni Qozog'iston Respublikasida o'tgan dzyudo bo'yicha xalqaro turnirda xuddi shu vaznda uchinchi o'rin, fevral oyida Ozarbayjonning Boku shahrida o'tgan xalqaro turnirda -66 kg vaznda birinchi o'rinni egallab, shohsupaga ko'tarilgan. 

Viloyat miqyosida o'tadigan bellashuvlarda esa 2019 yilda etmish nafarga yaqin g'olib va sovrindor borligi, o'quvchilarning sportga bo'lgan ishtiyoqi yuqori ekanidan dalolat bermoqda. 

Direktorning sport ishlari bo'yicha o'rinbosari Abror CHorievning takidlashicha, Dadajon Tagaev (futbol), Feruz Xo'jaqulov (futbol), G'olib CHoriev (kurash), Norbek Tog'aymurodov (dzyudo), Abdumalik Toyirov (kurash), SHaxobiddin Pirnazarov (dzyudo) singari tajribali murabbiylar shogirdlarining sovrinli natijalaridan mamnun holda o'quv-mashg'ulotlariga diqqat-etibor bilan yondashmoqda.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbus ijrosini taminlash maqsadida belgilangan rejaga muvofiq, turli yo'nalishdagi manaviy-marifiy tadbirlar, sport bellashuvlari o'tkazilayotgani ham bor haqiqat. Maktab-internatida o'quvchilarning ilm-marifatga chorlovchi "Yosh kitobxon" to'garagi tashkil etilgan bo'lib, bunda yosh kitobxonlar milliy va jahon adabiyotiga oid asaralarni mutolaa qilishadi. 

Yahyo TURDIMURODOV, Qarshi shahar olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori: 

- Talim-tarbiya olayotgan o'quvchilarimizni katta sport sari yo'naltirish, miliy terma jamoalarimiz safiga qo'shish va xalqaro sport maydonlarida kuchlilar qatorida ko'rish bosh maqsadlarimizdan sanaladi. Albatta, buning uchun istedodlarni izlab topish, muntazam mashg'ulotlarga jalb etish lozim. Bu borda maktabimizda selkciya ishlari bo'yicha dastur-reja ishlab chiqib, viloyatimizning har bir tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabilari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yganmiz. Qaerdaki dzyudo, kurash yoki futbolda etakchi bolalar borki imkon qadar muassasamizga jalb etib, yuqorida takidlaganimdek, katta sport sari etaklaymiz.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi  

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing