So’nggi yangiliklar

12:00Остон Ўруновни Эроннинг бошқа клуби сотиб олмоқчи 0 11:08"Усман UFC'га керак. У ерда бундай йигитларни яхши кўришади". Царукян Нурмагомедовнинг жанжалдан кейинги келажаги ҳақида гапирди 0 10:17Саккизта медалга эга Ўзбекистон делегацияси IV Ёшлар ёзги Олимпия ўйинларида нечанчи ўринни эгаллади? 0 09:46Россия бокс терма жамоасига виза беришмади 0 09:15Миллатлар лигаси. Нидерландиядан 7 та гол, Германиядан ишончли ғалаба 0 08:44Zagreb Grand Prix 2026. Диёра Келдиёрова яна шоҳсупада! 0 08:13"UFC Усман Нурмагомедовга умрбод тақиқ қўйилишидан умидворман" - Нина Драма 0 07:42WBC россиялик боксчиларни рейтинглар ва чемпионлик жангларидан четлатиш қарорини тасдиқлади 0 07:01Лионель Месси Аргентинада махсус учрашувда иштирок этади 0 20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0

28 iyu 13:56
Yangiliklar

Boks/MMA

Marat Qurbonov: “Niyatimiz ulkan, lekin bashorat qilmayman”

Boks bo'yicha olimpiya terma jamoamiz ham XXXI yozgi olimpiya o'yinlariga qatiy reja asosida tayyorgarlik olib bormoqda.

Marat Qurbonov boshchiligidagi terma jamoa azolari 5-19 iyun kunlari Toshkent  viloyatining Yangiobod o'quv-mashg'ulot bazasida yig'in o'tkazib, undan so'ng besh kun davomida CHemyonda xordiq chiqardilar. Biz mashg'ulotlar yuzasidan terma jamoa bosh murabbiyiga murojaat qildik.


- Hammasi rejaga ko'ra davom etmoqda, - deydi M. Qurbonov. – Yangioboddagi ikki haftalik yig'inda umum jismoniy va funkcional tayyorgarlikka etibor qaratdik. Undan so'ng esa CHimyonda 10 nafar sportchimiz va murabbiylar shtabi birgalikda xordiq chiqarishdi. Hozirda sportchilarimizga qisqa tatil berdik. Ular o'z uylarida ota-onasi, yaqinlari davrasida.



- Keyingi yig'in qachon va qay yo'sinda tashkil etiladi?

- 1-18 iyul kunlari ikkinchi bosqich mashg'ulotlari yana Yangiobodda davom etadi. Bu safar texnika, taktika ustida ishlaymiz. SHuningdek, juftliklarda erkin bahslar ham tashkil etiladi. Yig'inda licenziya olgan  sportchilarimizga 40ga yaqin terma jamoa azolari yordam berishadi.


- Biroz muqaddam ayrim sportchilarimizda jarohatlar ham bor edi. Hozir bunday muammolar bartaraf etilganmi?

- Bokschilarimiz Ommaviy axborot vositalarida ketma-ket chiqishlar qilib, “teleyulduz” bo'la boshlaganidan so'ng shunday holatlar kuzatilgandi. Ko'z tegmasin, hozir hammasi joyiga tushmoqda. Bu kabi ko'ngilsizliklarni oldini olish uchun olimpiya o'yinlariga yopiq tarzda tayyorgarlik ko'ryapmiz (kulib). Agar hozir chetdan birontasi bokschilarimizni ko'rgani kelsa ham  xuddi chaqaloqni nazardan saqlagan singari yuzlariga qora kuya surtib, keyin ko'rsatyapmiz.


- Marat aka, Rioda nechta medal qo'lga kiritilishi kutilmoqda?

- “Prognoz”ni yomon ko'raman. Niyatlarimiz, albatta, katta. Aslida, hamma sportchilarimiz chempionlikka munosib. Buyog'iga Yaratgan omadimizni bersa  bo'ldi.


- “Rio-2016”da murabbiylar shtabidan kimlar o'rin oladi?

- Hozircha bu haqda aniq javob ayta olmayman. Bizga olimpiya qo'mitasidan 6ta joy ajaratilgan. Uch nafar rahbariyat, ikki murabbiy va bir shifokor uchun. Niyatimiz, imkon qadar sportchilarimizning shaxsiy murabbiylarini ham olipiadaga olib ketish.


- Braziliyaga qachon yo'l olmoqchisizlar?

- 20 iyulda Braziliyaga borib, u erda so'nggi tayyorgarlik bilan birga iqlimga moslashamiz. SHu bilan birga bokschilarimiz ham bu muddat davomida o'zlarini ancha erkin tuta boshlashadi. Bu sportchi uchun  juda ham muhim. 2 avgust kuni esa olimpiya shaharchasiga ko'chib o'tishni rejalashtirganmiz.


Malumot uchun, erkaklar o'rtasida Hasanboy Do'smatov (49 kg), SHahobiddin Zoirov (52 kg), Murodjon Ahmadaliev (56 kg), Hurshid  Tojiboev (60 kg), Fazliddin G'oipnazarov (64 kg), SHahram G'iyosov (69 kg), Bektemir Meliqo'ziev (75 kg), Elshod Rasulov (81 kg), Rustam To'laganov (91 kg), Bahodir Jalolov (+ 91 kg), xotin-qizlar o'rtasida esa Yodgoroy  Mirzaeva (51 kg) olimpiya o'yinlarida yurtimiz sharafini himoya qiladi.


Ulug'bek Hakimjonov suhbatlashdi, o'z muxbirimiz


Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing