01 okt 15:15
Yangiliklar
Tennis
Mariya Parma Ladies Open bosh sovrini uchun kortga chiqadi
Italiyaning Parma shahrida tennis bo'yicha WTA turniri davom etmoqda.
Biroz avval Parma Ladies Open musobaqasida ilk finalchining nomi malum bo'ldi. Sayyoramizning ettinchi raqamli tennis malikasi Mariya Sakkari 1/2 final uchrashuvida reytingning 78-pog'onasidan joy olgan chernogoriyalik Danka Kovinichni mag'lub etdi - 7/5, 6/2.
Tennischilar kortda 91 daqiqa davomida harakat qilishgan. Ularning o'zaro uchrashuvlaridagi hisob muvozanati tiklandi - 2:2. Sakkari 3 ta, Kovinich esa 1 ta eys zarbasini amalga oshirgan. Greciyalik tennischining bosh sovrin uchun bahsdagi raqibasi hozirgina boshlangan ruminiyalik Ana Bogdan va misrlik Mayar SHerif uchrashuvida aniqlanadi.
Havola :
Manba : gotennis
Fikrlar