08 may 08:39
Yangiliklar
Tennis
Mariya Timofeeva Istanbulda chorak finalga yo'l oldi
Turkiyaning Istanbul shahrida tennis bo'yicha WTA 125 toifasiga kiruvchi, mukofot jamg'armasi 115 000 dollarni tashkil etuvchi turnir davom etyapti.
Bugun musobaqa doirasida O'zbekistonning uchinchi raqamli raketka ustasi Mariya Timofeeva nimchorak final o'yinida kortga chiqdi.
Latviya vakilasi Adelina Lachinovaga qarshi kechgan bahsda hamyurtimiz 2:0 (6/4, 6/3) hisobida zafar quchdi. O'yin 1 soat, 42 daqiqa davom etdi. Bu g'alaba orqali Mariya musobaqa chorak finaliga yo'l oldi.
Taqqoslash uchun, Mariya bu o'yin oldidan WTA reytingida 136, Adelina esa 647-o'rinni egallab turgandi.
Musobaqada yana bir tennischimiz — Polina Kudermetova ham ishtirok etmoqda.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar