09 may 19:02
Yangiliklar
Tennis
Mariya Timofeeva Istanbuldagi WTA 125 turniri finaliga chiqdi
O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan Mariya Timofeeva Turkiyaning Istanbul shahrida o'tayotgan tennis bo'yicha WTA 125 turnirining finaliga yo'l oldi.
Yarim final bahsida hamyurtimiz franciyalik tennischi Alice Tubello ustidan 6:4, 4:6, 6:0 hisobida g'alaba qozondi.
Endi Mariya finalda musobaqaning birinchi raketkasi Donna Vekichga qarshi kortga chiqadi.
Final uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 16:00da boshlanadi.

Havola :
Manba : utf.uz
Fikrlar