25 may 08:47
Yangiliklar
Og'ir atletika

Marjona Abdumutalova ham jahon chempionati shoxsupasida!
Peru poytaxti Lima shahri mezbonligida o'tkazilayotgan og'ir atletika bo'yicha o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatidan yana bir xushxabar keldi.
O'zbekiston og'ir atletika federaciyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, bugun qizlar o'rtasida -59 kg vazn toifasi “A” guruhida supachaga chiqqan hamyurtimiz Marjona Abdumutalova dast ko'tarishda 82 kg natija bilan bronza, siltab ko'tarishda 100 kg natija bilan kumush hamda ikkikurash yakuniga ko'ra 182 kg natija bilan bronza medaliga sazovor bo'ldi.
Marjona Abdumutalovaning natijalari:
Dast ko'tarish: 82 kg (bronza)
Siltab ko'tarish: 100 kg (kumush)
Ikkikurash: 182 kg (bronza)
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
15:59
FIDE reytingi yangilandi, Abdusattorov kuchlilar qatorida, TOP-100'da 5 nafar hamyurtimiz bor 0
Fikrlar