So’nggi yangiliklar

10:02Возняцки Элина Свитолинани мусобақадан чиқариб юборди 0 09:41Евро-2024. Кечаги учрашувларда кимлар "man of the match" бўлди? 0 09:20VI БРИКС ўйинларида 114 та медаль қўлга киритган ҳамюртларимиз тантанали кутиб олинди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:59Гусков учун ўч олмоқчи бўлган Жонни Уокер мағлубиятига изоҳ берди 0 08:38Rothesay International. Эмма Радукану ғалаба билан бошлади 0 08:17Копа Америка. Аргентина сўнгги дақиқаларда ғалабани "илиб кетди" 0 07:56Арман Царукян йил охиригача дисквалификация қилинди 0 07:35Нигина Абдураимова иштирокидаги учрашув якунига етмай қолди 0 07:14Белбоғли кураш. Ўсмирларимиз жаҳон чемпонатида 7 та медаль қўлга киритишди + ФОТО 0 19:41Испанияда "табрик коридорлари" ташкил этиш тақиқланиши мумкин 0 19:20Мераб Двалишвили жанговор самбо бўйича АҚШ чемпиони бўлди 0 18:58"Уимблдон"да Россия ва Беларусь байроқлари тақиқ остида бўлади 0 18:37UFC ва Bellator камарларига собиқ даъвогар Конорнинг лигасида дебют қилади 0 18:15Камавинга Франция терма жамоаси машғулотларига қайтди 0 17:52"Камару ишсиз зерикиб қолмоқда" - Пейж Усман билан жанг қилмоқчи 0

20 noy 08:49
Yangiliklar

Boks/MMA

Markaziy jangi bekor bo'lgan UFC Fight Night 215 turnirining barcha natijalari

Xabar berganimizdek, AQSHning Las-Vegas shahrida UFC Fight Night 215 turniri bo'lib o'tdi.

UFC Fight Night 215 turnirining markaziy jangi o'rnini egallagan bahs yarimog'ir vazn toifasida Kennedi Nzechukvu va Ion Kucelaba o'rtasida o'tkazildi. Jang ikkinchi raundda moldovalik Kucelabaning texnik nokautli mag'lubiyati bilan yakunlandi. 

Co-main event jangi og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda CHeyz SHerman va Valdo Kortes-Akosta o'zaro oktagonda to'qnash kelishdi. Uch raundlik qonli jangda Akosto hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi. 

Rossiyalik yarim o'rta vazn toifasi vakili Muslim Salixov portugaliyalik Andre Fialoni uchinchi raundda texnik nokautga uchratdi. SHuningdek, ushbu oqshomda Jek Della Maddalena va Nataliya Silva ham muddatidan oldin g'alabaga erishishgan.


UFC Fight Night 215. Barcha natijalar

Asosiy kard

Derrik Lyuis – Sergey Spivak – jang Lyuisning sog'lig'i sabab bekor qilindi;

Kennedi Nzechukvu Ion Kucelabani ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etdi (1:02 daqiqada);

CHarlz Jonson qozog'istonlik Jalgas Jumagulovni ochkolar hisobiga ko'ra yutdi (29-28, 28-29, 29-28);

Jek Della Maddalena birinchi raundda Denni Robertsni texnik nokaut evaziga taslim etdi (3:24);

Muslim Salixov Andre Fialoni uchinchi raundda texnik nokaut evaziga engdi (1:03);

Valdo Kortes-Akosta ochkolar hisobiga ko'ra CHeys SHermandan ustun keldi (30-27, 29-28, 29-28).


Prelim kard

Natalya Silva uchinchi raundda Tereza Bledani texnik nokautga uchratdi (1:27);

Bredi Xaystend Ferni Garsiyani mag'lubiyatga uchratdi (29-28, 29-28, 29-28);

Vanessa Demopulos Mariya Oliveyrani hakamlar qarori bilan engdi (29-28, 29-28, 29-28);

Rikki Tursios Kevin Natividaddan ustun keldi (29-28, 28-29, 29-28);

Mayls Jons Vins Moralesni ochkolar hisobi bilan yutdi (30-27, 29-28, 29-28);

Jennifer Mayya Marina Morozga hech qanday imkoniyat qoldirmadi (30-27, 29-28, 29-28).

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing