21 okt 15:07
Yangiliklar
Marokash JCH-2030 finalini Ispaniyaga bermoqchi emas
Marokash 2030 yilgi Jahon chempionligini Ispaniya va Portugaliya bilan birgalikda qabul qiladi. Urugvay, Argentina va Paragvay esa ilk uchrashuvlarini o'z mamlakatlarida o'tkazadi.
Garchi mundial finali Marokashga taqdim etilgan bo'lsa-da, Ispaniya Futbol Federaciyasi hal qiluvchi uchrashuvni "Santyago Bernabeu"da o'tkazilishiga ishonch bildirmoqda.
Marokash Futbol Federaciyasi esa jahon chempionatiga mezbonlik qiluvchi 6 stadion nomini elon qildi. Ulardan biri Kasablankada quriladigan stadion bo'lib, sig'imi 113 000 tomoshabinga mo'ljallangan.
Ushbu ulkan stadion qurilishiga Marokash hukumati va mamlakatning rivojlanish boshqaruv jamg'armasi homiylik qiladi. Jamg'arma stadion qurilishi uchun 450 mln evro byudjet ajratgan. Marokash ommaviy axborot vositalarining yozishicha, Kasablankadagi yangi stadion Afrikadagi eng katta va dunyodagi ikkinchi yirik stadion bo'ladi.
Fikrlar