So’nggi yangiliklar

20:56Ҳумоюн Султонов икки ғалабаси эвазига Svijany Open асосий тўрига чиқди 0 20:34Рамазон Темиров Ўзбекистонда тантанали кутиб олинди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 20:13Шуҳрат Мақсудов “Бунёдкор” футбол академияси директори этиб тайинланди 0 19:43"Яхши текканди" — Гусков Анкалаев билан жангдаги бурилиш нуқтаси ҳақида гапирди 0 19:07Тошкент халқаро ўқув-машғулот йиғини бошланди, унда Диёра Келдиёрова ҳам шуғулланяпти + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 18:44Шавкат Раҳмоновнинг қачон октагонга қайтиши айтилди 0 18:18Роналду клубида улкан муаммо: "Ал Насср"га трансфер тақиқи таҳдид солмоқда 0 17:49Ростовцев ва Цветков Италиядаги турнирда шоҳсупага кўтарилди + ФОТО 0 17:26Гусковнинг вазнидаги чемпион Карлос Ульберг Анкалаевнинг ғалабасига муносабат билдирди 0 17:02Тўрабек Хабибуллаев Арманистонда чемпион бўлди, яна уч боксчимиз шоҳсупада! 0 16:37"Сукут сақлашни маъқул кўргандим, лекин...". Пирло Италия ФФ билан барбод бўлган келишув ҳақида гапирди 0 16:12Афсонавий Аюбхон Камолов 50 ёшида жанг қилди 0 15:43Богдан Гусков Анкалаевдан қабул қилган мағлубиятига изоҳ берди 0 15:17Собиқ ҳамюртимизни мағлуб этган Кудерметова Mubadala DC Open асосий тўрига йўл олди 0 14:46Фликнинг сабри тугади: "Барселона" Кундени сотишга тайёр 0

24 apr 16:04
Yangiliklar

Boshqalar

Marrani baland olgan qarshilik sportchilar

Teglar :  QashqadaryoQarshi
Yozgi Olimpiya va Paralimpiya o'yinlariga munosib nomzodlarni tayyorlashda, yoshlarni sportga jalb etib, qobiliyatlarini shakllantirishda, ularni chempionlik sari etaklashda olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarining o'rni beqiyos.

Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida (direktori Abdulatif Rahimov) ham istedodlar kamol topmoqda. Hozirda markazda kurash, erkin kurash, dzyudo, yunon-rum kurashi, engil atletika, og'ir atletika, kamondan o'q otish, futbol, boks, suzish, karate, taekvondo WT, akademik eshkak eshish, voleybol, velosport, para dzyudo, para engil atletika, para taekvondo, para suzish, para pauerlifting turlari bo'yicha 457 nafar sportchi-o'quvchi 68 nafar malakali murabbiylar qo'l ostida talim-tarbiya olishmoqda.

Markazda o'zlari tanlagan sport turlaridan muntazam mashg'ulotlarda ishtirok etayotgan o'g'il-qizlar mamlakat miqyosidagi bellashuvlarda etakchilar qatorida bo'lib, hatto milliy terma jamoalar safida xalqaro musobaqalarning shohsupalaridan o'rin olishga ham muvaffaq bo'lishmoqda.  

Markaz sportchi-o'quvchilari respublika milliy terma jamoalarining asosiy tarkibiga azolik statistikaga etibor beradigan bo'lsak, yildan yilga o'sish kuzatilayotganiga guvoh bo'lishimiz mumkin. 

Misol uchun, 2024 yilda milliy terma jamoalar tarkibiga 118 nafar sportchilar qabul qilingan bo'lsa, 2025 yilda 145 nafarni tashkil etgan. Joriy yilda esa bu ko'rsatgichlarni yanada oshirish maqsad qilingan. Mashg'ulotlarga zo'r berayotgan sportchi-o'quvchilarning musobaqalardagi natijalarini ham tahsinga loyiq deyish mumkin.  

Birgina o'tgan 2025 yilda sportchilar mamlakat, Osiyo va jahon chempionatlari, xalqaro turnirlarda ishtirok etib, 379 ta oltin, kumush va bronza medallarini qo'lga kiritgan. Markaz mutaxassislarining takidlashicha joriy yilgi natijalar salmog'i yanayam kengayishiga harakat qilinmoqda.

Bunday yuqori natijalarga erishida markazda mehnat qilayotgan murabbiy-o'qituvchilarning jonkuyarligi, talabchanligida deyish mumkin. Markazda mutaxassislar ishtirokida har bir sport turi bo'yicha reja asosida yutuq va kamchiliklar tahlili, nomdor sportchi va murabbiylar ishtirokidagi master klasslar sportchi-yoshlarning ijobiy natijalar ko'rsatishiga turtki bo'layotgani bor gap. 

SHuningdek, Qarshi OPSTTMda manaviy-marifiy ishlarga ham alohida etibor qaratilgan. Ushbu yo'nalish bo'yicha direktor o'rinbosari Habibullo Xudoynazarovning takidlashicha, yosh sportchilarning nafaqat jismoniy, balki manaviy-intellektual salohiyatini oshirish, ularda vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimizga hurmat va yurt tarixiga dahldorlik tuyg'usini yana yuksaltirish asosiy vazifa - bosh maqsad sanaladi.

Bu boradagi amalga oshirilayotgan ishlarni ham tahsinga loyiq deyish mumkin. Jumladan, Navro'z bayrami munosabati bilan yuqori saviyada sumalak sayli tashkil etilib, buning doirasida milliy sport turlari va xalq o'yinlari bo'yicha bellashuvlar o'tkazilishi qadriyatlarimizning qadr topayotganidan dalolat.

Markaz tomonidan o'tkazilayotgan yana ko'plab bu kabi manaviy-marifiy tadbirlarni misol keltirish mumkin. Yurtimizning diqqatga sazovor, madaniy meroslarimiz mavjud tarixiy joylarga sayyohatlar uyushtirilayotgani ayni haqiqat. 

Bir so'z bilan aytganda, bugun Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida tahsil olayotgan sportchi-o'quvchilar yaratilgan shart-sharoitlardan foydalanib, mashg'ulotlarga zo'r berishmoqda. Biron bir musobaqaga bordimi, albatta, sovrin-medalsiz qaytmayotganligi va katta sport sari dadil qadam tashlayotgani rost. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing