21 may 18:34
Yangiliklar
Futbol
"Marsel" jamoasining uch futbolchisi o'qqa tutildi
"Marsel" futbolchilari Faris Mumbanya, Jan Onana va Abdul Meyte Liga 1ning 34-turi doirasidagi o'yindan so'ng Gavrdan qaytayotganlarida mashina o'g'rilari qurboni bo'lishi mumkin edi.
Hujum Valentin shossesi va Marselning 12-okrugida joylashgan "Komandi" mashg'ulot markazi o'rtasidagi hududda sodir bo'lgan. Futbolchilar Gavr shahridan o'z mashinalarida qaytayotgandi va ularni mashg'ulot markaziga oz qolganida qaroqchilar to'xtatib qolishgan.
Tasdiqlangan manbalarga ko'ra, futbolchilar hujumchilardan qochib qutulishga muvaffaq bo'lganiga qaramay, ularga bir necha marta o'q uzilgan. Futbolchilardan birining haydovchi eshigidan ikkita o'q topilgan, kalibri hali aniqlanmagan uchinchi o'q esa "Marsel"ning boshqa vakili mashinasi yukxonasiga tushib qolgan.
Marsel prokuraturasi tergovni Uyushgan va ixtisoslashgan jinoyatchilikka qarshi kurash departamentiga topshirdi.
Havola :
Fikrlar