So’nggi yangiliklar

18:39U-23 Жаҳон чемпионатида иштирок этадиган эркин, юнон-рум ва аёллар кураши бўйича таркибларимиз маълум 0 18:05Камилла Раҳимова Wuhan Open`да Australian Open чемпионини мағлуб этди 0 17:28Шоҳжаҳон Эргашев энди бошқа бир ўзбекни жангга чақирди 0 16:50"Манчестер Сити" катта жарима эвазига АПЛдан четлатилиш ва совринлардан маҳрум бўлишдан қутулиши мумкин эди 0 16:22"Жошуани боплаб дўппослайман, кейин Усикдан ўчимни оламан". Фьюри боксдан кетиш олдидан режалари ҳақида гапирди 0 15:40"Бундан хурсанд бўламан". Дмитрий Бивол Бетербиев билан трилогияни кутаётганини айтди 0 15:13Магомед Анкалаев UFC унга қандай ҳолатда чемпионлик камари учун жанг беришини айтди 0 14:30"Энди Месси бизники" - "Интер Майами" мураббийи 0 13:46Масвидаль UFC ташкил қилиши мумкин бўлган "энг шов-шувли жанг" қайси эканлигини айтди 0 13:14Расман! Лаша Гуджеджиани билан тўрт йиллик шартнома имзоланди 0 12:39"У 40 ёшдан ошган, аммо мени жангга чорлаяпти. Унга ҳурматим баланд" - Бенавидес Бетербиев ҳақида гапирди 0 12:12Арсен Венгер ФИФА президенти лавозими учун курашда Инфантинонинг рақибига айланиши мумкин — The Times 0 11:45Волкановски ўзига нима мотивация беришини айтди - бу пул ёки камарлар эмас 0 11:16Бугун Жаҳон чемпионатида оғир вазнлиларимиз, хусусан Музаффарбек Тўрабоевнинг чиқишига гувоҳ бўламиз! 0 10:45Фьюри – Жошуа жанги учун чипталар бир соат ичида сотилиб кетди 0

17 may 14:10
Yangiliklar

Boks/MMA, Tadbirlar

Mashhur bokschilarimiz Uchtepadagi maktabga tashrif buyurishdi FOTOGALEREYA

Toshkent shahar jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tomonidan poytaxt yoshlarini sportga qiziqtirish maqsadida “Sport yulduzining kutilmagan tashrifi!” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Unga ko'ra yuqori natijalarga erishgan, professional sport yulduzlari kutilmaganda talim muassasalariga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashadilar.

Joriy yilning yanvar oyida loyihaning ilk ishtirokchi-mehmoni - boks bo'yicha Olimpiya o'yinlari g'olibi Fazliddin G'oibnazarov Olmazor tumanidagi 224-maktab o'quvchilari bilan cuhbatlashgan edi.

Keyinchalik yana bir qator mashhur sportchilarimiz mazkur loyihada ishtirok etishdi. SHuningdek, 5 may kuni “Ekopark” hududida “Sport yulduzlari poytaxt yoshlari bilan” shiori ostida ommaviy sport tadbiri ham o'tkazildi.

Kecha, 16 may kuni Olimpiada va jahon chempionati sovrindori, professional boksda “WBA InterContinental” kamari sohibi Murodjon Axmadaliev hamda jahon chempionati sovrindori, ikki karra Osiyo chempionati g'olibi, professional boksda “NABF Junior” titul kamari sohibi Bahodir Jalolov Uchtepa tumanidagi 74-maktabga tashrif buyurishdi.

Bayramona ruhda o'tgan uchrashuvda chempionlarimiz yoshlar bilan samimiy suhbat qurib, ularni qiziqtirgan barcha savollarga javob berishdi. Sportning foydali jihatlarini o'z misolida isbotlab bergan mahoratli bokschilarimiz, o'g'il-qizlarga jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanish bo'yicha o'z tavsiyalarini ham berishdi.

Tadbirga shuningdek, tumandagi sport sekciyalari tarbiyalanuvchilari taklif etilib, ular tengdoshlariga o'z mahoratlarini va erishgan natijalarini namoyish etishdi.

Ushbu loyiha ham Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusdan biri bo'lgan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish ishlarini jadallashtirishga qaratilgan.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing