23 mar 14:22
Yangiliklar
Boks/MMA

Mashrabjon Ro'ziboev CHarlz Oliveyraga qarshi oktagonga chiqadi + POSTER
Taniqli MMAchimiz Mashrabjon Ro'ziboev ham navbatdagi jangini o'tkazadi.
Biroz avval, Nursulton Ro'ziboevning Sankt-Peterburgdagi turnirda oktagonga chiqishi haqida xabar bergan edik.
Aynan shu oqshomda Nursultonning ukasi Mashrabjon Ro'ziboev (14-4-1) ham jang qiladi. Ushbu bahsda «Black Junior»ga braziliyalik CHarlz Oliveyra (UFC jangchisi emas) raqiblik qiladi.
Eslatib o'tamiz, Mashrabjon so'nggi jangini Bishkekda mezbonlar vakili Zalimbek uulu Janishkaga qarshi o'tkazib, birinchi raundning 15-soniyasidayoq g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar