21 jan 16:06
Yangiliklar
Boks/MMA
Masvidal keyingi jangi bo'yicha muzokaralar ketayotganini tasdiqladi
Yarim o'rta vazn toifasida UFC chempionligi uchun sobiq davogar Xorxe Masvidal menejeri Ali Abdelazizning navbatdagi jang bo'yicha muzokaralar olib borayotganini elon qildi.
Masvidalning so'zlariga ko'ra, u 14 iyun kuni o'tkaziladigan UFC Oq Uyi turnirida jang qilishi mumkin.
"Kichik ukam Ali faol ishlamoqda, UFC'dagi yigitlar bilan doimiy ravishda muloqot qilyapti. Hozirda hamma narsa juda optimistik ko'rinyapti. Hech qanday tafsilotlarni oshkor qila olmayman, lekin umuman olganda, hamma narsa yaxshidek tuyulmoqda. Muzokaralar davom etyapti, muloqot boshlangan va biz uni davom ettirishni rejalashtiryapmiz", deydi Masvidal.
Havola :
Manba : mma.metaratings.ru
Fikrlar