24 apr 11:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Mateush Gamrot navbatdagi jangi uchun shartnoma imzoladi
Engil vazn toifasi UFC reytingida ettinchi o'rinni egallab turgan polshalik aralash yakkakurash ustasi oktagonga qaytmoqda.
Bu haqda Mateush Gamrotning o'zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi.
"SHartnoma imzolandi", – deb yozgan Gamrot.
Hozircha rasman uning jangi kimga qarshi o'tkazilishi aytilmayapti. Katta ehtimol bilan Mateush 21 iyun kuni Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o'tkaziladigan UFC turnirida mezbonlar vakili Rafael Fizievga qarshi oktagonga chiqadi. Bu Gamrot uchun revansh maqomidagi jang bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, polshalik sportchi so'nggi jangini 2024 yilning avgust oyida Den Xukerga qarshi o'tkazib, hakamlarning ayri qarori (1:2) bilan ochkolar hisobiga ko'ra imkoniyatni boy berib qo'ygandi.
Havola :
Manba : fighttime
Fikrlar