28 iyu 07:40
Yangiliklar
Dzyudo
Matniyazovaning ikkinchi davradagi raqibasi malum
Tokio Olimpiadasining beshinchi kungi bahslari davom etmoqda.
Xabar berganimizdek, biroz avval o'zbekistonlik sportchilarning bugungi ishtirokini dzyudochi qizimiz Gulnoza Matniyazova boshlab berdi. Xorazm vakilasi ilk davrada CHad davlati dzyudochisi Demos Memneloumni tezkor ippon hisobiga mag'lubiyatga uchratdi.
Endi Matniyazova ikkinchi davrada ancha jiddiy raqib - shu yil Vengriyada o'tkazilgan jahon chempionatining bronza medali sovrindori, ikki karra Evropa chempioni, "Masters", "Katta Dubulg'a", Gran-pri turnirlari g'olib va sovrindori, niderlandiyalik Sanne Van Diykega qarshi tatamiga chiqadi. Dzyudochilarning har ikkisi ham 26 yoshda.
Bu bellashuv taxminan soat 08:30larda boshlanadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar