11 iyu 14:41
Yangiliklar

"World Taekwondo Diamond Games": Musobaqani oltin medal bilan boshladik!
Musobaqaning ilk kuni doirasida O'zbekiston terma jamoasi ayollar o'rtasida 110 kg vazn toifasidagi juftlik bahslarida medallar uchun bahs olib boradi. Ushbu juftlik vaznida Ozoda Sobirjonova hamda Madina SHoniyozova yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Vakillarimiz yarim final bosqichi doirasida Singapur termasini 2:0 hisobida dog'da qoldirishdi. Final jangida esa Ozoda va Madinaga mezbon Koreya Respublikasi taekvondochilari raqiblik qildi. Ahamiyatlisi, bu safargi bahsda ham Sobirjonova hamda SHoniyozova juftligi 2:0 hisobida ortiqcha qiyinchiliksiz ishonchli g'alabaga erishdi va oltin medalga ega chiqdi.
SHunday qilib, "World Taekwondo Diamond Games" turnirining ilk kunida ayollar o'rtasidagi 110 kg vazn juftligidagi bahslarda ishtirok etib, oltin medalni qo'lga kiritdik.
Fikrlar