05 mar 16:39
Yangiliklar
Futbol
Mauntning "CHelsi"dagi taqdiri aniq bo'lib bormoqda
"CHelsi" futbolchisi Meyson Maunt yozda jamoadan ketishi kutilmoqda.
Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, yarim himoyachi va klub o'rtasidagi muzokaralar to'xtab qolgan. Katta ehtimol bilan unga bo'ladigan qaror yozda qabul qilinadi. Ayni damda uning "CHelsi"dan ketishi ehtimol juda yuqori bo'lib turibdi. Tomonlarning yangi shartnoma borasida kelishuvga erishishi ehtimoli uzoq deyilmoqda.
Hozirgacha Meysonga faqatgina bir klub qiziqish bildirgan - "Liverpul". U klubning yozgi transferlar short-listidan o'rin olgan. Ammo ko'p narsa Grem Potterning "CHelsi"dagi kelajagiga bog'liq bo'lib turibdi.
Ushbu mavsumda hujumkor yarim himoyachi 32 o'yinda qatnashib, 3tadan gol va assist qayd etdi.
Havola :
Manba : twitter.com/fabrizioromano
Fikrlar