12 may 09:42
Yangiliklar
Futbol

Mavsumdagi to'rtinchi “El Klassiko“da g'alaba qozongan Flik kecha nimalar dedi?
“Barselona“ klubi bosh murabbiyi Xansi Flik klasikodan keyingi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Bu g'alabani muxlislarimizga bag'ishlaymiz. Ajoyib o'yin. Bugun biz juda kuchli jamoaga qarshi bahs olib bordik. 0:2 dan so'ng biz qaytishga erishdik. Ayniqsa, bu Milandagi 120 daqiqalik uchrashuvdan so'ng sodir bo'lgani ajoyib. Bunday mag'lubiyatlardan so'g stressni engish juda qiyin, ammo yigitlar buni uddalashdi.
Ertaga yuragimni bir tekshirtirib olishim kerak. Himoyada muammolarimiz bor, buning ustida ishlashimiz kerak. Buning uchun etarli vaqtimiz bor deb o'ylayman.
Eslatib o'tamiz, joriy mavsum “Barselona“ jami 4-martta “Real Madrid“ga qarshi bahs olib bordi va barchasi g'alaba qozondi.
Havola :
Fikrlar