05 iyu 18:18
Yangiliklar
Boks/MMA
Maxachev: "Bazilarga "Og'ayni, mashg'ulot o'rniga borib ishla" deging keladi"
UFC chempioni Islam Maxachev Dog'istonda yoshlarning etiborini faqat sportga emas, balki talim va boshqa sohalarga ham qaratish kerakligi haqidagi fikrga qo'shildi.
"Dog'istonda sport madaniyatini bilim, talim va biznes madaniyatiga yo'naltirish kerakmi? Ha, men bunga to'liq qo'shilaman. CHunki katta pullarga juda-juda kam odam etib boradi. Ammo odamlar sutka davomida zalda mashg'ulot qilishadi.
Men zalga kelganimda, taxminan qaysi yigitdan sportchi chiqishi, kimda iqtidor borligini bilaman. Boshqalariga esa: “Birodar, borib biror hunar o'rgan. Borib ishla”, deging keladi.
Lekin men buni ayta olmayman. CHunki inson ishonadi. U menga namuna sifatida qaraydi. Agar ertaga unga shunday desam, ruhan sinib qolishi mumkin. Mashg'ulotni tashlab qo'yishi, hatto umuman yaxshi bo'lmagan ishlar bilan shug'ullanib ketishi ham mumkin", — dedi Maxachev.
Havola :
Manba : Мурад ЛяРиба
Fikrlar