02 mar 14:11
Yangiliklar
Boks/MMA
Maxachev bilan jang qilishi kutilgan sportchi sobiq UFC chempioni bilan to'qnash keladigan bo'ldi (POSTER)
UFC matbuot xizmati tomonidan navbatdagi katta jang elon qilindi.
2 may kuni Avstraliyaning Pert shahrida MMA bo'yicha UFC Fight Night turniri bo'lib o'tadi.
Oqshomning markaziy jangi yarim o'rta vazn toifasidagi avstraliyalik sobiq chempion Jek Della Maddalena hamda braziliyalik davogar Karlos Prates o'rtasida kechadi.
29 yoshli Maddalena faoliyati davomdia 21 ta jang o'tkazib, 18 g'alaba va 3 mag'lubiyat qayd etgan. U oxirgi jangida rossiyalik Islam Maxachevga ochkolar hisobida imkoniyatni boy berib, chempionlik kamaridan ayrilgan edi. Islamning keyingi raqibi bo'lishi kutilgan Prates hisobida esa 23 ta g'alaba va 7 ta mag'lubiyat bor.

Havola :
Manba : ufc.com
Fikrlar