31 dek 18:28
Yangiliklar
"Maxachev bilan jang uchun faoliyatimdagi eng katta gonorarni olganman" - UFC jangchisi
"Men vazn meyorini bajardim va shundan so'ng chempionga qarshi jang qilishim kerakligini aytishdi. Islamga teng keladigani yo'q, u UFC'dagi eng zo'ri yoki eng zo'r ikki jangchidan biri. Uni birinchi raqamli deb hisoblayman.
Bu jang orqali katta pul ishlab oldim. Yangi shartnomaga rozi edim va Islam bilan jang uchun faoliyatimdagi eng katta gonorarni oldim. Bu mening hayotimni o'zgartirib yuborgan pul edi.
Lekin qancha pul to'lashmasin, men hafa bo'ldim. Menimcha o'sha palla keldi deb o'ylagandim. Bu butun boshli yo'limning ideal yakuni bo'lardi. MMAda barchada imkoniyat bo'ladi. Tasavvur qiling, Islamni nokaut qila olganimda nima bo'lardi? Va bu sodir bo'lishi mumkin edi!", - dedi Moykano.

Fikrlar