25 iyu 08:19
Yangiliklar
Boks/MMA
"Maxachev bu haqda gapirgan edi". Korme UFC'da nega amerikalik bo'lmagan jangchilar ustunlik qilayotganini tushuntirdi
UFC sobiq chempioni Daniel Korme tashkilotda xorijlik jangchilarning ustunlik qilish sababini izohladi.
"Ular (xorijlik jangchilar) buni qilishga majbur. Men bu haqda ularning o'zlaridan eshitganman, Islam Maxachev ham shu haqda gapirgan. Amerikaliklar uchun esa bu shunchaki pul topish yo'llaridan biri.
Xorijlik jangchilar okean ortida muvaffaqiyatga erishishi, o'z hayotini va oilasining hayotini o'zgartirishi shart. SHuning uchun ular boshqacha turdagi jangchilarga aylanishadi. Bizga kurashchilar kabi mehnat qilishga tayyor bo'lgan yigitlar kerak. SHunday jangchilarni topsak, amerikaliklar yana avvalgi davrdagidek hukmronlik qilishi mumkin", — dedi Korme.
Havola :
Manba : Katsu
Fikrlar