12 okt 10:41
Yangiliklar
Boks/MMA
Maxachev Dog'iston haqidagi hazil bilan Volkanovskining yangi soch turmagiga munosabat bildirdi (FOTO)
Yarim o'rta vaznda UFC chempioni Islam Maxachev kelib chiqishi makedoniyalik bo'lgan avstraliyalik yarim engil vazn toifasi chempioni Aleksandr Volkanovskining yangi soch turmagini etiborsiz qoldirmadi.
"Street Fighter" ("Ko'cha jangchisi") filmida suratga tushish uchun maxsus yangi turmak qildirgan Volkanovski o'zining yangilangan uslubini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib, rasmga shunday izoh yozdi: "Kalta kesilgan "Bo'ri" sariq sochli bo'riga qarshi. Kimni tanlaysiz?"
Volkanovskining posti ostidagi izohlarda Maxachev o'zining internet-memga aylangan "Uni 2-3 yilga Dog'istonga yuborish va unutish kerak" degan iborasiga ishora qilib, "2-3" deb yozdi. Avstraliyalik sportchi Islamning izohiga layk bosdi.

Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar