So’nggi yangiliklar

19:12Қозоғистонлик боксчи Шоҳжаҳон Эргашевга жавоб қайтарди 0 18:30Одилхон Камолов "Alash & Mangu" турнирида жанг қилади 0 17:54"Барселона" январь ойида "Челси" футболчисини ижарага олишга тайёр 0 17:09Мунгия — Зон жанги ғолиби Бектемир Мелиқўзиев билан тўқнаш келади 0 16:40Бектемир Мелиқўзиевнинг навбатдаги жанги санаси ва манзили маълум — манба 0 16:27Кудерметова ва Тимофеева Гуанчжоу турнири финалига чиқди 0 15:15Сауль Альварес тарозига чиқди, бугун чемпионлик жанги! 0 14:44Дунёнинг энг яхши мураббийи номига номзодлардан бири овоз бериш якунларига кўра бирорта ҳам очко тўплай олмади 0 14:13Уч нафар эркин курашчимиз жой олган RAF рейтинги янгиланди 0 13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0

16 sen 09:37
Yangiliklar

Boks/MMA

Maxachev Jonsga javob qaytardi: "Sen doim aybsizsan"

Islam Maxachev UFC`ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Jon Jons bilan og'zaki bahsni davom ettirib, amerikalik sportchiga uning butun professional faoliyati davomida ko'plab mojarolar va qoidalarni buzish holatlari kuzatilganini eslatdi.

"Jon, men hech qanday holatda sening yutuqlaringni kamsitmoqchi emasman. Ammo shunday ko'rinadiki, butun hayoting qandaydir tarzda qoidalarni buzish bilan bog'liq va qandaydir yo'l bilan sen doim aybsiz bo'lib chiqasan", – deb yozdi rossiyalik sportchi ijtimoiy tarmoqda amerikalik raqibiga murojaat qilib.

Avvalroq, Maxachev bergan intervyusida nima uchun Jonsning g'alabali seriyasi UFC`da rekord deb hisoblanmasligini tushuntirib, uning doping-testlardan o'ta olmagani va Daniel Korme bilan bo'lgan jang natijasi bekor qilinganini eslatgan edi. SHundan so'ng hisob qaytadan boshlangan. Amerikalik sportchi bu gaplarni og'riqli qabul qilib, taqiqlangan moddalarni istemol qilmaganini davo qildi va rossiyalik jangchiga uning nokaut bilan uchragan mag'lubiyatini eslatib o'tdi.

Joriy yilning avgust oyida Islam Maxachev yarim o'rta vazn toifasida UFC chempionlik kamarini Yen Machado Gerriga qarshi jangda muvaffaqiyatli himoya qilib, tashkilotning eng uzun g'alabali seriyasi bo'yicha rekordini yangilaganidan so'ng, Jon Jons rossiyalik sportchining yutug'ini shubha ostiga oldi. U Maxachevning "barcha zamonlarning eng buyuk jangchisi" unvoniga davogar bo'la olmasligi haqidagi fikrini bildirdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing