13 sen 18:25
Yangiliklar
Boks/MMA
Maxachev MMAdan ketganidan keyin o'z vaznida kim UFC chempioni bo'lishini aytdi
Yarim o'rta vazn toifasida (77 kg gacha) amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev shu mazmunda berilgan savolga javob berdi.
Rossiyalik 34 yoshli aralash yakkakurash ustasi o'zining hozircha so'nggi raqibi bo'lib turgan Irlandiya vakili Yen Machado Gerrining MMAdagi istiqbollarini yuqori baholadi.
"Men Yen Gerrini eng xavfli va jiddiy raqiblardan biri deb hisoblayman. Menimcha, u men ketganimdan keyin chempion bo'ladi. U yosh, hozir 28 yoshda, hali ko'p narsaga ulguradi", - dedi Maxachev YouTube’dagi "Ushatayka" kanaliga bergan intervyusida.
Ayni paytda Islam Maxachev UFC`da 17 ta g'alabadan iborat seriyaga ega. Rossiyalik jangchining hisobida jami 29 ta g'alaba va bitta mag'lubiyat bor. Avvalroq Maxachev SHavkat Rahmonovni Prates va Morales bilan taqqoslab, uning mahoratiga baho bergandi.

Havola :
Manba : Ушатайка
Fikrlar