26 fev 11:02
Yangiliklar
Boks/MMA

Maxachev Oliveyra bilan jang haqida: Menga qiyin bo'ladi deb o'ylamayman
Engil vazndagi rossiyalik Islam Maxachev divizion chempioni CHarlz Oliveyra bilan ehtimoliy jang haqida gapirdi.
“Bu yaxshi jang bo'ladi, chunki bizning uslubimiz deyarli bir xil. U yaxshi greppling mahoratiga, ajoyib «stoyka»ga ega. Ammo jang men uchun qiyin bo'lmaydi, deb o'ylayman. Men uni bemalol parterga yiqitishim mumkin, chunki uning kurash qobiliyati kuchli emas", - deb hisoblaydi Maxachev.
Eslatib o'tamiz, ertaga 27 fevral kuni UFC Fight Night 202 turnirida Maxachev Bobbi Grin bilan jang qiladi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar