15 apr 11:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Maxachev Volkanovskining chempionlik davolariga munosabat bildirdi
Maxachev Volkanovskiyning engil vazn toifasida jang qilishiga qarshi.
Islam Maxachev yarim engil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleksandr Volkanovskining engil vazn toifasida chempionlik uchun kurashmoqchi ekanligidan norozi.
«Otlaringizni qamchilamay turing, kovboy! Sizning divizioningiz yosh akulalar bilan to'la - sizni band qilish uchun etarli. Engil vazn toifasidagi chempionlik jangi meniki!» — deb yozdi rossiyalik jangchi.
O'tgan dam olish kunlari Jeksonvildagi UFC 273 musobaqasida Aleksandr Volkanovski o'zining uchinchi muvaffaqiyatli chempionlik himoyasini amalga oshirdi va shundan so'ng u engil vazn toifasida super jang o'tkazish haqida o'ylayotganini elon qildi.
Havola :
Manba : fighttime.ru
Fikrlar