06 apr 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA

Maxachevdan chempionlik kamarini olib qo'yish kerakligi aytildi
Bellator va One FC sobiq chempioni, UFC sobiq jangchisi Ben Askren UFC rahbariyatiga Islam Maxachevdan kamarni olib qo'yish zarurligi yuzasidan murojaat qildi.
"Dana Uayt o'z ishini qilishi kerak va Maxachevga: "Xoy Islam, agar sen Topuriya bilan jang qilmasang, kamarni olib qo'yamiz" deyishi kerak. Bu Uaytning uslubiga mos. CHempion bo'lsang, eng yaxshilarga qarshi kamarni himoya qil. To'g'rimi? Iliya ketma-ket ikki nafar afsonani mag'lub etdi. Faqat yutibgina qolmay, ularni finish qildi. U hozir engil vazndagi eng kuchli jangchi. Arman jangda qatnashishdan bosh tortdi, shuning uchun UFC unga boshqa raqib berishni istayapti. Lekin, Iliyaning navbatda raqib bo'lishi to'g'ri va mantiqiy qaror bo'ladi", — dedi Askren.
Havola :
Manba : MMA Junkie
Fikrlar